1. Tana vazniga e’tibor bering: u qancha yuqori bo‘lsa, organizmingiz shuncha ko‘p xolesterin ishlab chiqaradi.
2. Ovqatga sarxil sarimsoqpiyoz qo‘shing. U qondagi xolesterin miqdorini tushirishda muhim rol o‘ynaydi.
3. Stresslardan qochishga harakat qiling. Chunki stresslar qondagi xolesterin darajasini oshiradi.
4. Sabzi, piyoz, karamdan ko‘proq iste’mol qiling. Tarkibidagi pektin hisobiga bu sabzavotlar xolesterin darajasini pasaytiradi. Kuniga 2 dona sabzi yesangiz, uning miqdorini 10-20 foizga tushirgan bo‘lasiz.
5. Dukkaklilardan iste’mol qiling. Ular tarkibida ham pektin mavjud.
Xolesteringa boy mahsulotlar
Ularga quyidagilar kiradi: konservalangan baliq, ikra, kolbasa, sosiska, yog‘lilik darajasi 2,5 %dan yuqori bo‘lgan sut, pishloq, smetana, muzqaymoq, tuxum sarig‘i, qovurilgan taomlar, konditer mahsulotlari, shokolad, sariyog‘, margarin...
Xolesterinsiz yoki u kam miqdorda bo‘lgan mahsulotlar
Bular: baliq, yog‘sizlantirilgan sut mahsulotlari, parhezbop pishloq, tuxm oqi, guruch, yong‘oq, o‘simlik yog‘i, bodom, yog‘lilik darajasi 30 %gacha bo‘lgan pishloq, meva-sabzavotlar, bug‘doyning qattiq navlaridan tayyorlangan makaron mahsulotlari...
Manba: Darakchi.uz