Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, Alibaba Group elektron tijorat kompaniyasi asoschisi Jek Ma Xitoyning eng badavlat kishisiga aylandi.
Shu tariqa, tadbirkor Wanda Group rahbari Van Szyanlinni ortda qoldirgan.
Aniqlik kiritilishicha, Jek Maning davlati 30,9 mlrd. dollar, Van Szyanlinniki esa - 30,7 mlrd dollarga baholangan.
Wanda Group asoschisi asosan ko‘chmas mulk va ko‘ngilochar sohalar tufayli pul ishlab topadi. Jek Maning davlati esa 2017 yilda Alibaba aksiyalari qimmatlashgani bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, Osiyoning eng boy kishisi sifatida hongkonglik multimilliarder Li Szyachen e’tirof etildi. Uning mablag‘lari 32,9 mlrd. dollarga baholandi.
Alibaba Group – Xitoyning yirik kompaniyasi bo‘lib, elektron tijorat sohasida faoliyat olib boradi. U 1999 yilda tashkil topgan hamda tarkibiga AliExpress.com, Taobao.com, Tmall.com, Alibaba.com va Alibaba Pictures kabi kompaniyalar kiradi.
Manba: Kun.uz