Bilasizmi?

Xitoyda O‘zbekiston mevalariga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi

Xitoyga 10 ming tonna gilos, 3 ming tonna mayiz, 2 ming tonna yong‘oq eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“O‘zbekoziqovqatholding” kompaniyasi raisi Tohirjon Jalilov bilan Xitoyning “Industrial Co LTD” kompaniyasi bosh menejeri Xian Jongxe o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. O‘zaro muzokaralar tomonlar uchun samarali yakunlandi.

Bu Xitoy karantin va bojxona xizmati tomonidan olib borilgan uzoq tekshiruvlardan so‘ng O‘zbekiston gilosi va boshqa mevalari eksportiga ruxsat berilgandan keyin erishilgan eng yirik kelishuv hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar “O‘zagroeksport” AJ tomonidan xitoylik hamkorlarga 22,4 million AQSh dollarilik mahsulot yetkazib berilgan.