Bilasizmi?

Hassos olim, xokisor prezident Doktor Abdul Qalamning mashhur fikrlari

Avur Pakir Djaynulabdin Abdul Qalam (1931-2015) — hind olimi, fan va jamoat arbobi. Doktor Abdul Qalam Hindiston Respublikasining 11-prezidenti bo‘lib, 2002-2007 yillarda faoliyat ko‘rsatgan. Oddiy qayiqchining o‘g‘lidan prezidentlik darajasigacha erishgan olim mamlakat yoshlarini ilmiy-ma’naviy yo‘lboshchisi, mehnat orqasidan muvaffaqiyatga aylanishni isbotlay olgan timsolga aylangan.

Doktor Abdul Qalamning iqtiboslaridan namunalar: 

1. Orzu ushalishidan oldin sen orzu qilishga odatlanishing kerak. Ammo unutma, orzu qilish – bu xayollarni tushda ko‘rish degani emas, balki bu odamga uyqu bermaydigan jarayondir.

2. Maqsad yo‘lida omadga erishishning yagona yo‘li – sobitqadamlikdir.

3. Erkak kishi muvaffaqiyatidan huzurlanishi uchun mashaqqatlarga ro‘baro‘ kelishi kerak. Mehnat azobi muvaffaqiyatning hozirligidan nishona.

4. Kimgadir zarba berish uni mag‘lub qilishni anglatmaydi. G‘alaba insonning ko‘nglidan joy olish bilan belgilanar ekan, kimgadir dushmanligimizdan ma’ni yo‘qdir.

5. Bizning farzandlarimiz ertaga farovon yashashi uchun biz bugunimizni qurbon qilishga ikkilanmaylik.

6. Ozod bo‘lmagan millatni ham, insonni ham hech kim hurmatga munosib ko‘rmaydi. Avvalo biz ozodlikka shuning uchun muhtojmiz.

7. Hayotdagi mashaqqatlar bizni vayron qilish uchun emas, o‘zimizning yashirin salohiyat va imkoniyatimizni anglashimiz uchun bizga to‘qnash keladi. Mashaqqatlarga mukammal inson ekanligingizni bildirib qo‘ying.

8. Quyoshdek porlamoq uchun quyoshdek nur sochishni bilish kerak.

9. Qalbi yuksak insonlar uchun din, bu – do‘stlar orttirish, osuda yashash vositasi. Mayda odamlar esa dinni dahshatli qurolga aylantirishadi.

10. Kichik maqsad ham go‘yo bir jinoyat – o‘zingga qarshi jinoyat. Doimo o‘zingga munosib baho ber va kichik emas, yuksak cho‘qqini ko‘zla.

11. To‘g‘ri, men kelishgan odam emasman. Lekin, kelisha oladigan odamman. Go‘zallik yuzda emas, ko‘ngilda bo‘ladi.

12. Modomiki mamlakat korrupsiyadan holi, go‘zal tafakkurli insonlar jamiyatini qurishni xohlar ekan, men buni jamiyatning uchta a’zosi amalga oshirishiga qattiq ishonaman. Ular – ota-ona va o‘qituvchi.

13. Yaratgan ham tinimsiz mehnat qiladiganlarga yordam berishini tushunib yetgan bo‘lsang kerak. Bu hayotning eng yorqin qoidasi.

14. Kelajagingni o‘zgartirishga qodir emasdirsan, lekin fe’l-atvor, odatlaringni o‘zgartirish qo‘lingdan keladi. Bu esa o‘z navbatida kelajagingni o‘zgartiradi.

15. Yomg‘ir yog‘ishi bilan qushlar iniga, pana-pastqamga shoshsa, burgutlargina bulut tepasiga parvoz qiladilar. Xulosa: muammolar bir xil, unga yechim topish yoki topa olmaslik fe’l-atvorga bog‘liq.

16. Muvaffaqiyatga bag‘ishlangan hikoyalarni o‘qimang: ularning maktubdan farqi yo‘q. Siz muvaffaqiyatsizlikka uchraganlarning hayotini o‘rganing: ular xulosalar chiqarishingizga sababchi bo‘lishadi.

17. Garchi, o‘quv doskasi qora bo‘lsa ham, u har bir o‘quvchining umr yo‘lini yoritadi.

18. Modomiki, buyuk bo‘lishni istar ekansan, avvalo millating buyukligi yo‘lida xizmat qil.

Ingliz tilidan Shuhrat Sattorov tarjimasi.