Bilasizmi?

Xalq ta’limi vazirligi huzurida yangi kengashi tashkil etildi

Joriy yilning 27 iyul kuni Xalq ta’limi vazirligida ekspert-tahlil kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda ta’limning ahamiyatini oshirishdagi asosiy maqsadlar va kengashning maqsad va vazifalari muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot-xizmati.

Ekspert-tahlil kengashi vazirlik bilan o‘quvchilar, ularning ota-onalari, davlat va xususiy maktablar ma’muriyati, o‘qituvchilari, shuningdek, boshqa ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.

"Ekspert-tahlil kengashi konsultativ-maslahat organi bo‘lib, o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi, uning asosiy vazifalaridan biri Xalq ta’limi vazirligi faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdir", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, uchrashuv yakunlariga ko‘ra maktablar holatini batafsil tahlil qilish, zamonaviy o‘quv dasturlarini yaratish bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqish, maktab o‘quvchilarida ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha to‘garaklar va sport seksiyalari yaratishni boshlash bo‘yicha qaror qabul qilingan.