O‘zining ichakuzdi hanogomalari bilan xalqimiz ko‘nglidan joy olgan, ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansambli so‘z ustasi, mayor Valijon Shamshiyev pensiyaga chiqdi. Tomga chiqqanimda hayajonlanmaganman, sahnaga chiqqanimda hayajonlanmaganman, karate bo‘yicha bellashuvga chiqqanimda hayajonlanmaganman ammo pensiyaga chiqqanimda hayajonlandim deydi u. U bilan bo‘lgan suhbatimiz odatdagidan boshqacharoq kechdi. — Oltita farzandi bor ota sifatidagi tarbiya formulangiz. — Men har bir farzandim bilan alohida alohida gaplashishiga vaqt topaman. Ularga bola hech narsani tushunmaydi deb emas, balki alohida shaxs sifatida qarayman. Katta odam bilan gaplashgandek gaplashaman, fikrlashaman. Qarabsizki, bu vaziyatda bola otasiga yanayam yaqinlashadi. Hamma farzandimni sizlab chaqiraman. — Qaysi odat sizda, farzandingizda bor va bobosida ham bo‘lgan? — Kutilmagan tezlikda harakat qilish, yana yurish turishimiz o‘xshaydi. — Qora belbog‘ sohibining farzandi ham karate bilan shug‘ullanadimi? — O‘g‘lim Shamsiddin Azamat Karim karate sport sog‘lomlashtirish markazida ustozi Xo‘jamqul Xo‘jaqulovdan sport sirlarini o‘rganayapti. U bundan bir necha yil oldin 9-10 yoshlarida karate bo‘yicha musobaqada qatnashgandi. Uning familiyasi menikidan boshqa. O‘sha vaqtda uni mening o‘g‘lim ekanligini hech kim bilmagan. Men endi shunchaki shug‘ullanadida deb undan ko‘p narsa kutmasdim. Lekin raqibini 40 soniyada mag‘lub qilganidan so‘ng undaga havas shunchaki emasligiga amin bo‘ldim. — Shamsiddinni katta sahnada ham ko‘rdik. Harakatlari yaxshi. Demak u kelajakda sizning yo‘lingizni tanlar ekan-da? — U kelajakda huquqshunos bo‘lmoqchi. Yana hammasini vaqt ko‘rsatadi. — Farzandlaringizda falonchinning bolasiman degan maqtanish, g‘ururlanish bormi? — Bolalarimga hech qachon kibrli bo‘lmalaring, odamlar orasidan ajrab qolmalaring deb tayinlayman. Hamma qatorida bo‘linglar deb ko‘p nasihat qilaman. Maktabiga bolalarim o‘zlari avtobusga o‘tirib borib kelishadi. Ularni faqat vaqtim bo‘lgandagina mashinamda olib borib qo‘yishim mumkin. Zuhra RO‘ZIYeVA suhbatlashdi
Bilasizmi?