WSB guruh bosqichida 3ta g‘alaba va 3ta mag‘lubiyat qayd etib, chorak finalga chiqqan Uzbek Tigers jamoasining navbatdagi raqiblari kubalik bokschilar bo‘ladi. Kun.uz shu haqda yozmoqda.
Turnirning amaldagi g‘olibi bo‘lmish Cuba Domadores jamoasiga qarshi janglar odatga ko‘ra Toshkentda emas, Samarqandda o‘tkaziladi.
Ma’lum qilinishicha, janglar 13 may kuni shahardagi amfiteatrlardan birida bo‘lib o‘tadi..
O‘zbekiston vakillari 19 may kuni Kubada ringga chiqishadi.