Bilasizmi?

Uzbek Tigers — Astana Arlans: uchrashuv qanday o‘tdi? (+video, foto)

«Gazeta.uz» fotomuxbiri Uzbek Tigers va Astana Arlans boks klublari qarshiligidagi eng qiziqarli lahzalarni muhrladi.

Uzbek Tigers yarim professional boks jamoasi Jahon boks seriyasi WSB 5-tur doirasida Qozog‘istonning Astana Arlans klubi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. 1 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 4:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuv natijalari:

  • 64 kg. Elnur Abduraimov — Dilmurat Mijitov — 3:0 (50/45, 49/46, 48/47);
  • 56 kg. Abdulxay Shorahmatov — Ilyas Suleymenov — 3:0 (48/47, 48/47, 50/45);
  • 75 kg. Isroil Madrimov — Saparbay Aydarov — 3:0 (50/44, 50/44, 49/45);
  • 91 kg. Zuhriddin Mahkamov — Anton Pinchuk — 0:3 (45/50, 45/50, 46/49);
  • 49 kg. Hasanboy Do‘smatov — Temirtas Jusupov — 3:0 (50/45, 49/46, 49/46).

Besh turdan so‘ng «O‘zbek arslonlari» 9 ochko bilan «S» guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Musobaqaning chorak finalini naqd qilgan Astana Arlans (12 ochko) jamoasi guruhdagi yetakchilikni saqlab qoldi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni Rossiyaning Patriot Boxing Team (4 ochko) va Xitoynning China Dragons (3 ochko) jamoasi band etgan.

WSB saralash bosqichidagi so‘nggi uchrashuvda Uzbek Tigers bokschilari 22 aprel kuni Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi bilan bellashadi.

Video

Foto