Bilasizmi?

Un va non xarid kilish bo‘yicha kompensatsiya kimlarga to‘lanadi?

2018 yil 1 oktyabrdan boshlab kam ta’minlangan oilalarga un va qolipli non xarid kilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi. Bu hukumatning 13 sentyabrdagi qarori bilan belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, kompensatsiya yoshga doir, nogironlik bo‘yicha nafaqa, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga), bolaligidan nogiron bulgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa, nogiron bo‘lgan 16 yoshgacha bolalarga nafaqa, shuningdek, yoshga doir pensiyaning belgilangan mikdoridan kam pensiya va nafaqa bo‘yicha har bir nafaqa oluvchiga; bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uni parvarish qilish bo‘yicha nafaqa oluvchi har bir oila, o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarga beriladi.

2018 yil 1 oktyabrdan boshlab 14 yoshgacha farzandlari bo‘lgan oilalarga bolalar sonidan kelib chiqqan holda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan belgilanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqiga nisbatan quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

  • bir nafar farzandi bulgan oilaga - 60 foiz;
  • ikki nafar farzandi bulgan oilaga - 100 foiz;
  • uch nafar va undan kup farzandi bulgan oilaga - 140 foiz.