Kolin Fez ismli bu tinib-tinchimas ixtirochi anchadan buyon biror nima yaratish ishtiyoqida yurar edi. Nihoyat, bir kuni u katta yoshli insonni havoga ko‘tara oladigan hoverbayk – uchar mototsikl yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Gizmodo internet nashri xabar tarqatgan.
Ikki tomoniga motorlar o‘rnatilgan metall rama yangi konstruksiyaning asosi hisoblanadi. Uchar moslama old va orqa tomondagi motorlarga o‘rnatilgan havo parraklari yordamida havoga ko‘tariladi.
Uchar moslamani yaratish uchun janob Fez bir oydan kamroq vaqt sarflagan. Ma’lum bo‘lishicha, loyihani Ford kompaniyasi moliyalashtirgan.
Ammo ekspertlar bu loyihani qo‘llab-quvvatlamasliklarini, bu uchishi mumkin bo‘lgan eng xavfli texnikalardan biri ekanini ta’kidlashmoqda. Boisi unda hozircha tana muvozanatini saqlash juda mushkul. Kolin Fez bu fikrlarni rad etib, bu texnologiyani takomillashtirish, chinakam uchar mototsikllar yaratish niyatida ekanini aytgan.
Siz ham garajda yaratilgan uchar mototsiklni tomosha qiling:
Buyuk Britaniyaning Stemford shaharchasida antiqa ixtirolari bilan mashhur Fez 2016 aprel oyining boshlarida g‘aroyib granatomyot qurolini, 2013 yilda tezyurar bolalar kolyaskasi va soatiga 88 km tezlikda suvini tortadigan motor o‘rnatilgan unitaz yaratgan.