Bilasizmi?

Uch karra Olimpiada sovrindori Rishod Sobirov katta sportni tark etdi

Dzyudo bo‘yicha ikki karra jahon chempioni va uch karra Olimpiada bronza medali sovrindori Rishod Sobirov sport karerasini yakunlashini e’lon qildi. Dzyudochining o‘zi mazkur ma’lumotni tasdiqladi, deb xabar qiladi Gazeta.uz.

30 yoshli sportchining xabar berishicha, u dzyudo bo‘yicha milliy terma jamoada o‘z vazn toifasida (-60/-66 kg) murabbiylik shtabida maslahatchi bo‘lib faoliyat olib boradi.

Yoshlarga yo‘l berish vaqti keldi, — dedi Rishod Sobirov. — Men doimo sportchi sifatida O‘zbekistonni ko‘kka ko‘tarish uchun bor imkoniyatimni ishga soldim, endi esa o‘zbek dzyudochilariga maslahatchi murabbiy sifatida yordam berishga harakat qilaman".

Sportchi hisobida 2008 yil Pekin, 2012 yil London va 2016 yil Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlari bronza medallari, jahon chempionatining ikkita oltin va bitta bronza hamda Jahon kubogi, Gran-Pri va Katta dubulg‘a jahon musobaqalarining 17 ta (10−4−1) va qit’a birinchiliklarining to‘rtta medali (1−1−2) sohibi.

Sportchi Rio-2016 dagi «bronza» uchun kechgan bahsni karerasidagi eng yorqin lahza ekanini ta’kidlab o‘tdi.