Oila

Turmush haqida bilishingiz shart bo‘lgan 7 haqiqat

Oila yosh yigitning oqila qizga bo‘lgan muhabbatidan boshlanadi. Ammo hayot imtihonlarga to‘la. Avvaliga romantika va baxtiyorlik manbai bo‘lib ko‘ringan oila kezi kelganida muammolar girdobiga ham o‘xshab ko‘rinishi mumkin. Shunday vaziyatda erkak sifatida siz bir haqiqatni unutmang – erkak oilasiga nima bersa, u yerdan o‘shanigina oladi.

Quyidagi turmushga oid 7 haqiqatni bilib qo‘ygan foydadan holi emas.

 Oila – muntazam muhabbat degani emas

Oila ba’zida nafrat, ba’zida qayg‘ular, ranj-alam, yolg‘izlik va xiyonat, achchiq og‘riqlar makoniga aylanib qolgandek, go‘yo.

Ko‘zingizga farishtadek ko‘ringan turmush o‘rtog‘ingiz ba’zida nohaqlik qilayotgan g‘animga ham o‘xshaydi. Ammo bu fursatlar ko‘p o‘tmasdan unut bo‘ladi. Siz muhabbatni unutib qo‘ymang.

Ayniqsa, muhabbatni unutmagan oila har qanday hissiy qiyinchiliklarga bardosh bera oladi.

Oila – munosabatlar o‘zgarmas maskan

Do‘stimiz ranjitsa, undan voz kechish mumkin. Ammo oiladagi kelishmovchilik undan voz kechish kerakligini anglatmaydi. Oilada qancha dilxiralik bo‘lmasin, mas’uliyatli er va xotin o‘rtasidagi samimiylik o‘zgarmasdan qoladi.

Oilani ushlab turgan kuch aslida muhabbat emas. Oilaviy an’analar, bayram atrofidagi suhbatlar, tavallud ayyomlarini nishonlash, sayohat ham uning mustahkamligiga hissa qo‘shadi.

Sizning oilangizda o‘z bayramlaringiz, an’analaringiz bo‘lsin.

Ahil oilani mustahkam tutib turgan kuch – qondoshlik yoki mas’uliyat emas, balki hurmat va xursandchilikdir. Turmush o‘rtoq sifatida oilanga shunday xotiralarni ravo ko‘r.

Turmush sizni kamolga yetkazmaydi

“Agar dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lsang, bu ishni turmush qurishdan avval qil. Sababi, turmush qurgach, televizor kanalini ham o‘zgartirishga erinib qolasan!” degan mashhur hazilomuz fikr bor. U qisman to‘g‘ri ham.

Turmush qurgan inson allaqachon shaxs sifatida shakllanib bo‘lgan bo‘ladi. Kimdir oila mening kam-ko‘stimni to‘ldirib, mukammal bo‘lishimga yordam beradi, degan xayolda bo‘lsa, qattiq yanglishadi. Bu aslida sizga hayotning ba’zi ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan vosita ham emas.

Turmush yoki oila shaxs sifatida sizni qayta kashf ham qilmaydi. Oila sizni tarbiyalamaydi, u sizni yetuk lider sifatida qabul qiladi. Siz uning o‘quvchisi emas, yetakchisi bo‘lasiz.

Oila – fikrlar bir-biri bilan aloqaga kirishadigan maskan. Bu yerda siz o‘zaro hurmat, idrok va uzoqni ko‘ra biladigan inson sifatida o‘z o‘rningizga ega bo‘lishingiz mumkin.

Oila erkaklikning isboti emas

Oila qurgan, farzand ko‘rgan bilan erkakka aylanib qolmaydi, kishi.

Shaxsiy oilani boshqarish butun boshli qirollikni boshqarishdan ham nozikroq. Ana shuni uddalasagina kishi boshini ko‘tarib, chinakam erlikka da’vo qilsa bo‘ladi.

Oila – erkinlik imtihoni. Sababi, u ozod odam o‘zi uchun o‘zi tomonidan ma’qul ko‘rilgan tanlov. Ba’zida erkinlikdagi shaxsiy qoidalarga yakun yasashga to‘g‘ri keladi.

Nimalardir bizni o‘zgartirishi aniq. Lekin, unutmang, biz oiladan boshlanib, oilada tugaymiz.

 Turmush – musht bo‘lishi mumkin

Oila vaqti kelganida o‘z ortiga yolg‘onlarni yashirishi, vaqti kelganida puch va’dalardan panoh topishi, kezi kelganida darz ketgan ishonchga ham suyanib, oyoqqa turishi mumkin. Inqiroz arafasida turgan oilani soxta orzular ham yana hayotga qaytarishi mumkin.

Nima bo‘lganda ham, er sifatida, ota sifatida oilani osonlik bilan qo‘ldan boy berilishiga qarab turmang. Oilangiz baxtiyorligi, farzandingiz baxti uchun kurashing!

Oilani boshqarishning yagona qoidasi yo‘q

Ba’zi bir istisnolarni hisobga olmaganda, oilada nima yaxshi yoki nima yomon ekanini belgilab beradigan yagona andaza yo‘q.

Bir oilaning qonun-qoidalari boshqa oilanikiga to‘g‘ri kelmaydi. Bu tamomila sizning mas’uliyatingiz va munosabatingiz doirasida boshqariladigan ijtimoiy tuzilma.

Fayzli xonadon egasi bo‘lish ham er-xotin, kezi kelganida farzandga bog‘liq masala. Oila boshlig‘i sifatida uning har bir a’zosiga bir-birlariga xizmatda bo‘lishlari farz ekanliklarini uqtiring.

Oila sizdan kattaroq, mavqei yuqoriroq

Oila baxtiga rahna soluvchi yagona xavf – uning sohiblarining yuraklariga qarshi borib, xudbinga aylanishlaridir, deyishadi ruhshunoslar.

Shunday daqiqalarda bir haqiqatni unutmang – siz qurgan oilaning ahamiyati sizning jamiyatdagi o‘rningizdan ham muhimroq. Boisi u yerda sizdan tashqari ham jamiyatning a’zolari mavjud. Ehtimol, jamiyatda siz rahbardirsiz, ammo oilada munosib er yoki ota bo‘lishga majbur bo‘lasiz.

Baxtli va farovon oila boshlig‘i bo‘lish sizga nasib etsin!