Bilasizmi?

Transport vositasi qaysi holatlarda jarima maydonchasiga olib ketiladi?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan quyidagi hollarda transport vositasi ichki ishlar organi xodimi tomonidan jarima maydonchasiga qo‘yiladi:

  • tormoz, rul boshqaruv tizimida nosozlik bo‘lganda yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlanganda;
  • davlat raqami belgisini yechib olib transport vositasi boshqarilganda;
  • davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zgartirilganda, shuningdek transport vositasiga boshqa davlat raqami belgisi qo‘yib boshqarilganda;
  • tegishli ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish shuningdek ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishidan chetga chiqishi;
  • transport vositasi oynasini qoraytirib boshqarish, shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan vositalardan foydalanganda;
  • transport vositalariga ruxsatnomasiz tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalar, shuningdek davlat raqam belgilarini ko‘rishni cheklaydigan ashyolar o‘rnatish va qoplama surtishi;
  • to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa;
  • haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik, unga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ishonchnoma va ijaraga berish shartnomalari, sug‘urta polisi mavjud bo‘lmasa yoki ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa.
  • transport vositasini alkogolli ichimlik, giyohvand modda is’temol qilib mast holatda boshqarsa;
  • transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
  • yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda, qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi;
  • yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanganda.
  • ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaganda.

Transport vositalarini to‘xtash joyiga olib kelish va saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarsanitariya va yong‘inga qarshi qoidalarga rioya qilinishi, transport vositalari to‘xtash joyiga va saqlash uchunolib kelinishi vaqtida saqlanishi (o‘g‘irlik, komplektlarning but bo‘lmasligi va shikastlanishi), shuningdektransport vositasi salonidagi shaxsiy buyumlar saqlanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibdajavob beradilar.

Transport vositalarini olib kelish va saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs:

  • tabiiy ofatlar (zilzila, dovul, suv toshqini va hokazolar) vaqtida transport vositalari shikastlanganligi;
  • transport vositalari ularni saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladigan hududdan chiqqandan keyin berilgan transport vositalarini saqlashga tegishli da’volar uchun javob bermaydi.