Bilasizmi?

Toshkentliklarning 20 foizi ishsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi

Toshkentda potensial ishsizlik darajasi 20 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senati komissiyasining hisobotiga tayangan holda Regnum agentligi ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, poytaxtda mehnatga layoqatli aholi soni 1,5 million odamni tashkil qiladi. Ulardan faqat 1 million 100 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga ega. 99 mingga yaqin odam rasman ishsiz deb tan olingan, 90 ming odam mehant migranti hisoblanadi. Yoshlar orasida 39 ming nafari ish izlayotganlardir.

Avvalroq mehnat munosabatlari va bandlik vaziri Sherzod Kudbiyev 2018 yilning shu kuniga qadar Rossiyaga O‘zbekistondan 1 millionga yaqin odam ish izlab ketgani to‘g‘risida ma’lumot bergan edi.