O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Koreyaning Land Master kompaniyasi prezidenti Bo Sang Ron bilan uchrashdi, deb xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.
Tomonlar turizm sohasidagi hamkorlik masalalarini hamda poytaxtda zamonaviy mehmon uylari va golf-klub tarmoqlarini qurish istiqbolini muhokama qildi. Bo Sang Ron Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan golf-klub haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, hozirda golf-klub loyihasi ishlab chiqish jarayonida.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tomonlar turizm va tadbirkorlik sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.