Bilasizmi?

Toshkentda issiq suvni o‘chirish jadvali o‘zgardi

“Toshissiqquvvati” DUKning xabarida yozilishicha, IM-4 va IM-10 issiqlik manbalarining kuzgi rejali butunlay to‘xtatilishi boshqa muddatga ko‘chirilmoqda.

Korxona xabariga qaraganda, issiq suvning butunlay o‘chirilishi IM-8, IM-4, IM-10 da 2018 yilning 2-5 oktyabr kunlari amalga oshiriladi.

Rejali to‘liq o‘chirish davrida issiq suv ta’minoti quyida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lmaydi. IM-4 va IM-10 issiqlik manbalarining hududlari ro‘yxati:

Amal qilish hududi: Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor 1-tupik, Chingiz Aytmatov, Niyozbek yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Hamid Olimjon, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Qozitarnov, G‘irg‘irtepa, Bog‘iravon, Shivli, Shuhrat, Ahmad Donish, Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Katta halqa yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Shahriston, Chinobod, Uch Qahramon, Moyqo‘rg‘on, Quloqtepa, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, M.Turg‘unboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon, Sag‘bon, Qoraqamish, Qoraqamish 1-ko‘cha, Forobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar, Talabalar, Katta halqa yo‘li, Qamarniso, Qoraqamish 2-ko‘cha, Shifokorlar 2-ko‘cha, Universitet ko‘chalari, Yunusobod dahasi 1-19 kvartallar, S-1,2,4,5,6,12,15,S-17,18 (Sebzor), Taxtapul, Qoraqamish 1/1,1/2,1/3,1/4, 2/1, 2/2, 2/3,2/4, 2/5, Yoshlik, Chimboy, Beshqo‘rg‘on – 1,2,3,4 mikrotumanlari, Qamarniso, ToshGTU, Olimpiya, Ibn Sino 1,2, Beltepa, Jarariq, Shifokorlar shaharchasi, Hamid Olimjon maydoni.