Bilasizmi?

Toshkentda fuqarolar pasport almashtirishi uchun qulayliklar yaratildi

Avval xabar berganimizdek joriy yilning 1 iyulda O‘zbekiston Respublikasi nobiometrik pasportining amal qilish muddati tugaydi. Shu munosabat bilan aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining tuman bo‘limlari ish vaqtlariga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 11 tumandagi barcha boʻlimlar ertalab soat 08:00 dan fuqarolarni qabul qilishni boshlaydi. Bundan tashqari endilikda yakshanba—dam olish kunida ham aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Hurmatli fuqarolar, Sizdan o‘z vaqtida pasportingizni almashtirishni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Click kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarning biometrik pasportini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini olish uchun davlat bojini to‘lash imkoni joriy qilgani haqida xabar berilgan edi.