Toshkent shahri bekatlaridagi barcha marketlar yopiladi, shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan yoshlar uchrashuvda bu haqda aytib o‘tdi, deb yozmoqda Uznews nashri.
"Buni bekatlardan boshqa yerda tashkil etsak maqsadga muvofiq, chunki bekat transportlar, avtobuslar to‘xtashi uchun. Ko‘pchilik «do‘kon» qurmoqda natijada avtomoshinalar to‘xtab, jamoat transportlari harkatiga xalaqit qilmoqda. Yaqin kunlarda bekatlarda do‘kon bo‘lmaydi. Bekat bekatligicha qoladi", – dedi Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo‘jayev.