Bilasizmi?

Toshkent shahar hokimi o‘zbek televideniyesi senzurasiga tushmaganligi aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Milliy teleradiokompaniya rahbariyati Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayevni televideniye orqali ko‘rsatmaslik to‘g‘risida topshiriq olganligi haqida xabar tarqatildi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ushbu xabar haqiqatdan yiroq ekanligini rasman bayon etdi.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimi ishtirokidagi lavha yoki maqolalarni ommaviy axborot vositalarida ko‘rsatishga hech qanday taqiq mavjud emasligini bildirdi. Ushbu ma’lumot «feyk» (haqiqiy egasi kimligi noma’lum) akkauntdan tarqatilayotganligi ta’kidlandi.

Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab berilgan muhim vazifalarni hayotga tadbiq etgan holda, poytaxtni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida o‘z ishini bir maromda davom ettirmoqda.