25 aprel kuni Toshkent shahar metropolitenida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-vatanparvarlik g‘oyalarini madh etuvchi qo‘shiqlar aksiyasi uyushtirdi. Unda Qurolli Kuchlar Markaziy ansambli musiqachilari ishtirok etdi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Aksiya noan’anaviy ko‘rinishda metropoliten bekatida, soat 16.30da boshlanib, 20.00ga qadar davom etdi.