Tojikiston Ӯzbekistoning Surxondaryo viloyati orqali Afg‘onistonga elektr quvvati yetkazishini boshladi. Bu haqda “Barqi tojik” davlat shirkati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, shirkat raisi Mirzo Ismoilzoda iyulda Toshkentga ish safari bilan borgan va bu borada Ӯzbekiston tomoni bilan bitim imzolangan.
Oldin Tojikistondagi “Sangtӯda” GESidan shimoliy Afg‘onistondagi Qunduz va Bag‘lon viloyatlariga elekt quvvati yetkazilardi.
Ammo oxirgi bir yil ichida Tolibon harakati Tojikistondan Afg‘onistonga boradigan elektr liniyasini bir necha bora buzib tashlagandi.
Mazkur elektr liniyasi xavfli va janglar maydonida joylashgani va tez-tez buzilib tashlanishi sababli Tojikiston hukumati Afg‘onistonga xavfsiz mintaqadan elektr quvvati yetkazishga qaror qilgan.
“Barqi tojik” shirkatining ma’lumotiga binoan, allaqachon Ӯzbekiston hududi orqali Tojikistondan Afg‘onistonga 140 million kilovatt miqdorida elektr quvvati yetkazilgan.