Limon organizmni tiqinlardan tozalashda, hazm qilish faoliyati, qon aylanishi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilash, immunitetni oshirish va yuqori nafas yo‘llari kasalliklariga davo.
Retsept:
- Shamollaganda: immunitetni mustahkamlash, tumov va nafas yo‘llarini tozalash uchun kuniga uch mahal limon sharbatiga 1 stakan qaynagan suv aralashtirib ichish foydali. Ayniqsa, tana harorati ko‘tarilgan paytda limon sharbati ichilsa, ter ajralishi natijasida isitma pasayib, organizmda kasallikka qarshi ta’sir kuchi yuzaga keladi.
- Hazm qilish faoliyati bilan bog‘liq holatlarda: masalan, jig‘ildon qaynashida limon sharbatiga ozroq suv aralashtirib ichilsa, bezovtalik yo‘qoladi.
- Tish og‘rig‘ida: milklar qonashi, kariyes va tish og‘rig‘ida limon sharbati bilan og‘izni chayqash tavsiya etiladi. Har kuni uyquga yotishdan avval archilgan limon po‘sti bilan tishlar ishqalansa, milklar mustahkamlanib, tish rangi oqaradi.
- Teri muammolarida: yuz, qo‘l va oyoq terisidagi muammolarda limondan foydalanish mumkin. Teridagi shamollash sabab yuzaga kelgan toshmalar, teri yuzasining dag‘allashib, qorayishi kabi holatlarda limon bo‘lagi yordamida muammodan xalos bo‘lish mumkin. Limon tarkibidagi antibakterial moddalar teri yuzasidagi shamollashni ketkazib, jarohatning bitishini tezlashtiradi.
- Yurak-qon tomir faoliyati muammolarida: har kuni nahorda och qoringa 1 stakan limon sharbatini ta’bga ko‘ra suv bilan aralashtirib qabul qilinadi. Bu usul yurak faoliyati uchun quvvat beradi.
- Limondan tayyorlangan murabbo, djem va kompotlar jigar, qorin, mushaklar og‘rishi va qon ketish holatlarida foydali.
Kimlarga mumkin emas?
Homilador ayollar va kichik yoshdagi bolalarga (agar allergik toshmalarga moyillik bo‘lsa), limondan tayyorlangan malhamlar tavsiya etilmaydi. Shu bilan birga, oshqozon yarasi va 12 barmoqli ichak faoliyati bilan bog‘liq xastliklarda ham mazkur meva nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz