Bilasizmi?

Texnologiyalar sayti Terabayt.uz Android ilovasini ishga tushirdi

Axborot texnologiyalari yangiliklari hamda «Malika» savdo majmuasidagi elektronika mahsulotlari narxlari bilan tanishtirib boruvchi Terabayt.uz sayti Android qurilmalari uchun o‘z mobil ilovasini ishlab chiqdi.

Ilovani Play Store resursidan yuklab olish mumkin:  Terabayt.uz ilovasi

Ilova zamonaviy texnologiyalarning barcha sohalariga tegishli eng so‘nggi yangiliklar, tavsif va narxlardan xabardor bo‘lib turish imkoniyatini beradi. Sayt xabarlarini ilovada bo‘limlar orqali ko‘rish, maqolalarni keyinroq o‘qish uchun tanlab olish hamda o‘zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali do‘stlaringizga ulashish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, ilovada quyidagi qulayliklar bor:

— Yangiliklarni offlayn mutolaa qilish (buning uchun internet bor payti xabarlarni yuklab olish kerak);

— Rasm sifatini tanlash (internet trafigini tejashga yordam beradi);

— Wi-Fi,  mobil tarmoq yoki tanlov asosida rasmlarni yuklab olish;

— Rasmlarni keshlash (internet trafigini tejash va xabarlarni tez ochishga yordam beradi);

— Yangiliklar haqida push-xabarnomani yoqish yoki o‘chirib qo‘yish mumkin.

Ilovani yuklab olish uchun manzil: Terabayt.uz ilovasi