Madaniyat

Teba kamzuli – ispan erkaklarining zamonlar va makonlarni yenggan libosi

Teba kamzuli (Teba jacket) haqida ko‘pchilik bilmasa kerak. Ispan erkaklarining Teba kamzuli— odatiy sport kamzuli, kardigan (etagi uzunroq kamzul turi) va yengil kurtka o‘rtasidagi libos. Ko‘ylaklarnikidek yeng, yirmoch (kamzul yoni yoki orqasidagi tikilmagan qism)ning mavjud emasligi va yoqasidagi bittalik qirra uning asosiy o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Bilamizki, odatiy kamzullarda yoqaning ko‘rinishi tishsimon bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu turdagi kamzulning kelib chiqishi ispan qiroli Alfonso XIII (1886 — 1941) bilan bog‘liq. Unga graf Teba o‘zgacha ko‘rinishdagi kamzulni tortiq qiladi. Qirol ov qilishni yoqtirgani bois maxsus kamzulga buyurtma beradi. Ilk kamzul yumshoq va cho‘ziluvchan jersi (jun yoki ipakdan tayyorlangan mato turi) trikotaj matosidan tayyorlangan edi. Matoning ushbu xususiyati Tebani kamzul tayyorlashda ko‘ylak va kardigan bilan uyg‘unlashtirishga undagan bo‘lsa ajab emas.

Kamzul qirolga ma’qul kelganidan so‘ng 1946 yilda graf ispan manifakturasiga o‘z do‘stlari uchun yana bir qancha xuddi shunday kamzullarni buyurtma qiladi. Natijada model muntazam ravishda tikila boshlanadi. Uning ommalashuvida graf Tebaning hissasi beqiyosligi bois kamzulga aynan uning nomi qo‘yiladi.

Aytish joizki, bugunga kelib kamzulning shakli bir oz o‘zgargan. Jumladan, pastki tugma teparoqqa joylashtirilgan. Bugungi kunda Teba kamzullari asosan tvid (jun) matosidan tikiladi. Astarning yo‘qligi, yumshoq yelka qismi, keng yeng va halpillaganligi uni kundalik hayotda kiyib yurishga qulay ekanidan dalolat beradi. Bugungi kunda urfga kirgan unstructured jackets – hech qanday qat’iy qoidalarga rioya etilmaydigan, uslub bo‘yicha erkin kamzullarning yorqin namunalaridan biri. To‘rtta tugma, qopqoqli katta cho‘ntaklar — erkinlikka bo‘lgan intilishni yanada kuchaytiradi.

Teba — juftsiz kamzul. Shu bois uni boshqa rangdagi shim bilan boyitish kerak. Bunda kontrast — ranglar qarama-qarshiligini to‘g‘ri topa bilishingiz kiyinish uslubingizning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Shunga yarasha ko‘ylak va galstukning ham mosini topish lozim.

Bunday hamohanglikda shahar aylanish yoki ishga qatnash ham mumkin. Biroq masalaning yana bir muhim tomoni bor. Bunday turdagi kamzulni yurtimiz do‘konlaridan topish mushkul. Yaxshisi uni biror xorijiy internet do‘konidan (masalan: lastofengland.co.uk, belycia.com, artumesandco.com va thearmoury.com) xarid qilishingiz yoki mohir tikuvchiga aniq andozasini tushuntirib bera olsangiz, uning asosida tiktirib olishingiz mumkin.

tebajacket-2 Пиджак-Теба-без-галстука Пиджак-Теба-кардиган Пиджак-Теба-с-галстуком Пиджак-Теба-с-джинсами-2 Пиджак-Теба-сочетание-со-светлыми-брюками-и-коричневыми-замшевыми-ботинками1