Bilasizmi?

TATU abituriyentlardan hujjatlarni onlayn tarzda ham qabul qilmoqda

"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda sinov tariqasida yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi. Endilikda abituriyentlar ushbu OTMga o‘z hujjatlarini onlayn tarzda topshirishlari mumkin.

Kelajakda ushbu xizmat respublikamizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarini qamrab olishi kutilmoqda, deb yozadi Sof.uz.

Ayni vaqtda TATUga qabul onlayn, oddiy va oflayn formatda amalga oshirilmoqda. Ushbu xizmat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining ta’lim bo‘limida joriy qilingan.

Infografika: