Ayrimlarni shu masala qiziqtirib savol yo‘llashgan. Savolda ozg‘in emasliklari, sportchilarga xos qomatga egaliklarini ham qistirib o‘tishgan. Hozir shu savolga javob beramiz.
Avvalo, sviter ostidan ko‘ylak yoki boshqa narsa kiyganda ham qad-qomat shakli sezilib turishini aytib o‘tmoqchimiz, albatta, kiyim o‘lchami loyiq kelganda.
Sport uslubida kiyinishni yoqtirsangiz, sviter ichidan ko‘ylak kiymasligingiz mumkin. Uning o‘rniga futbolka kiying. Buning afzalligi shuki, sviterni hadeb yuvavermaysiz, futbolka go‘yo astar vazifasini o‘taydi. Ikkinchidan, sviter badanga ishqalanib qichitmaydi, ayniqsa, bu yung matolarga tegishli.
Shunda ham sviter ichidan hech nima kiygingiz kelmasa, bo‘yni V shaklidagisini emas, aylana shaklida kesilganini kiyishni tavsiya qilamiz.
Futbolka sviterning ichidan g‘alati ko‘rinib turadi, degan gapga e’tibor bermang. Bu sub’yektiv fikr. (Ammo rasmdagi singari ich kiyimni shimga tiqmasdan yurish yaramaydi)
V shaklidagi bo‘yindan ko‘rinib tursa zarari yo‘q. Qaytaramiz: bu ideal variant emas, ammo nuqson deyish ham noo‘rin.
Sviter ichidan yoqani chiqarib, tekis tutib yursangiz, juda orasta ko‘rinadi. Shu holatga qora kostyum bo‘lsa, Po‘lat Alamdor kiyinish uslubini eslamaslikning iloji yo‘q.
Yana bir gap. Agar yoqaning o‘zigina sviter (yoki jemper) tashqarisiga chiqib tursa bu eski modadir.
Sviterning "vodolazka" nomli yupqa va bo‘yni uzun turining ichidan hech nima kiymaslik kerak.
yepman.ru sayti materiallari asosida tayyorlandi