O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi “Sudyalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegaram kanalida xabar qilindi.
Mazkur qarorga binoan, sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtotransport vositalarini sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kreditlar beriladi:
- kredit muddati – uch oylik imtiyozli davr bilan 5 yil;
- dastlabki badal – sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;
kredit bo‘yicha foiz stavkasi - Markaziy bankning kredit berish sanasidagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda.