Hozirgi kunda ko‘pchilik antioksidantlar haqida gapiradigan bo‘lib qolgan. Nega antioksidantlar shunchalik organizm uchun foydali ekan? Qanday qilib antioksidantlar saraton kasalligining oldini olishda va stress bilan kurashishda yordam bera oladi?
Antioksidant nima degani?
Qadimdan tabiblarimiz meva va sabzavotlardan ko‘proq iste’mol qilishni tavsiya etganlar. Aynan meva va sabzavotlar tarkibidagi antioksidantlar organizmda yig‘ilib qolgan bo‘sh radikallarni yig‘ib chiqarib tashlash qobiliyatiga ega ekan.
Bo‘sh radikal nima degani? Bo‘sh radikallar organizmni tez qaritadi, uning tizimlarining ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va eng asosiysi organizm immun tizimini buzadi. Undan tashqari bo‘sh radikallar borgan sari ko‘payib to‘qima DNK'sini buzib, saraton kasalligining ayrim turlari yuzaga kelish xavfini yuzaga keltiradi.
Bo‘sh radikallar surunkali stress natijasida va atrof-muhitdagi radioaktiv moddalarning organizmda yig‘ilishi natijasida ham vujudga keladi.
Shunday ekan organizmdagi ortiqcha bo‘sh radikallarni yo‘q qilish zarur. Buning uchun antioksidantlar bizga yordam beradi.
Qaysi mahsulotlar antioksidantlarga boy? Aslida barcha meva va sabzavotlar antioksidantlarga boy. Shuning uchun ularni muntazam ravishda xomligicha iste’mol qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin antioksidantlar miqdori ko‘proq quyidagi mahsulotlar tarkibida mavjud:
- klyukva; - chernika; - qora olxo‘ri; - loviyaning barcha turlari; - yong‘oq; - bodom; - funduk danagi; - o‘rmon yong‘og‘i; - xandon pista; - kakao; - sarimsoq piyozi; - ko‘k choy; - gvozdika, koritsa, kurkuma va quritilgan petrushka o‘tlari.