Salomatlik

Sizni belingizda ham shunday kulgich bo‘lsa, omadli ekansiz!

Belning orqa qismidagi bu kulgichlar, ya’ni dumaloq botiqlar ayollarda "Venera kulgichi" deyilsa, erkaklarda "Apollo kulgichi" deyiladi.

Ular tos suyagiga tutash ikki suyak birikuvida hosil bo‘ladi. Bu kabi botiqlar odamga genetik omillar tufayli o‘tadi.

Ular tanada qonning yaxshi aylanishi, tanada salomatlik darajasi yuqori ekanidan, bel va tananing baquvvatligidan dalolat beradi.

Bel kulgichi tananing muskullar mavjud bo‘lmagan qismida joylashgan bo‘lgani bois ularni maxsus mashqlar yordamida paydo qilishning imkoni yo‘q.

Ammo sizda to‘lishganingiz tufayli ham ular ko‘rinmay ketgan bo‘lishi mumkin. Buning uchun yog‘lardan xalos qiladigan mashqlarni bajaring.