Cingapurning Indorama korporatsiyasi O‘zbekistonda paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish uchun 335 million dollar sarmoya kiritadi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, klaster to‘rtta viloyatni qamrab oladi: Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Farg‘ona. 225 million dollar paxta xomashyosi, makkajo‘xori va boshqa mahsulotlarni yetishtirish uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari, kompaniya paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash va paxtadan yigirilgan ip ishlab chiqarishni tashkil etish (ikkinchi bosqich) uchun yana 115 million dollar sarmoya kiritadi.
Ishlab chiqarish «Indorama Kokand Textiles» MChJ QKning mavjud quvvatlarida joylashadi va yangi yuridik shaxs tashkil etiladi.
Loyiha ikki bosqichga bo‘linadi: birinchisi Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatini qamrab oladi. Ikkinchisi (Farg‘ona va Jizzax viloyati) yer uchastkalari aniqlashtirilganidan keyin boshlanadi.
Loyihaning umumiy muddati - 2019-2023 yillar. Kutilishicha, 1500 yangi ish o‘rni yaratiladi, bu yerda ishlab chiqarilayotgan paxta xomashyosi BCI standartida («Ekologik toza paxta uchun») bo‘ladi.
Ushbu paxtadan tayyor mahsulotlarni jahonning yetakchi brendlarini jalb etgan holda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.