Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qishloq aholisini ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlash sifatini yaxshilashga ko‘rsatama berdi.
Prezidentga ko‘ra, qishloqlarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash choralarini ko‘rish uchun “O‘zsanoatqurilishbank” bir hafta muddatda “O‘zbekenergo”ga imtiyozli shartlarda va uzoq muddatga 100 milliard so‘m qarz berish masalasini hal etishi lozim.
Bundan tashqari bosh vazir o‘rinbosarlari Xolmurodov va Qo‘chqorovga ikki hafta ichida qishloq aholisini ichimlik suv bilan ta’minlashni yaxshilash uchun qancha mablag‘ talab etilishini aniqlash topshirildi. Shuningdek, hukumatga bu ish uchun xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘larini jalb qilish masalasini o‘rganishga ham ko‘rsatma berildi.