Andijon viloyatiga safar qilayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev Ulug‘nor tumanida viloyat rahbarlari va faollari bilan o‘tgan yig‘ilishda sobiq bosh prokuror Rashidjon Qoidrovni tilga oldi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, prezident 2-3 oy ichida sobiq bosh prokuror televideniyega olib chiqilishini aytgan.
"Mana, Bosh prokuror (sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov nazarda tutilmoqda - tahririyat izohi.) butun boshli jamoasi bilan qamoqda yotibdi. Million-million dollar topshirib yotibdi. Ikki-uch oy ichida televideniye orqali o‘zini gapirtiraman. Bitta noinsof o‘g‘li milliarder!" deya prezidentdan iqtibos keltirdi nashr.