Shakar mavzusi hozir dolzarb mavzuga aylanib qoldi. Shakar tanqisligi va shakarga uzun navbatlarni paydo bo‘lgani sababli ko‘pchiligimiz uni kamroq iste’mol qilishga majbur bo‘lmoqdamiz. Lekin shakarni kamroq iste’mol qilish uchun bundan muhimroq bo‘lgan sabablar bor. Bu maqolamizda shu sabablardan beshtasini tanladik.
[дропсап тйпе="сирсле"]1[/дропсап] Shakarning hech qanday ozuqaviy qiymati yo‘q va u tishlarimiz uchun zararli
Buni ko‘pchiligimiz bilsak-da, yana ta’kidlab o‘tishni maqul ko‘rdik. Shakar kaloriyaga boy bo‘lgani bilan uning organizmimiz uchun hech qanday ozuqaviy qiymati yo‘q. Bunday kaloriyalarga ’bo‘sh kaloriya' deyiladi. Shakarda na oqsil, na minerallar va na vitaminlar mavjud. Agar biz energiyamizni 10-20 foyizini shakardan oladigan bo‘lsak bu ozuqaviy tanqislikka olib kelishi mumkin.
Undan tashqari shakar tishimizdagi zararli bakterialar uchun oson hazm bo‘ladigan energiya manbai hisoblanadi. Shu sababli bizga bolaligimizdan shakar va shirinliklarni kamroq iste’mol qilishni ta’kidlab kelishadi.
[дропсап тйпе="сирсле"]2[/дропсап] Shakarda fruktoza miqdori ko‘p va u jigarga zararli
Shakarning zararlarini yaxshiroq bilish uchun uning tarkibini bilish kerak bo‘ladi. Shakar ovqat hazm qilish tizimidan o‘tib qonimizga so‘rilishidan oldin fruktoza va glyukozaga parchalanadi.
- Glyukoza - barcha tirik mavjudodlarda bor bo‘lib agar organizmimiz uni kerakli miqdorda ozuqalardan olmasa o‘zi ishlab chiqarish qobiliyatiga ega.
- Fruktoza - glyukozadan farqli o‘laroq organizmimiz fruktozani ishlab chiqarmaydi. Bunga sabab bizda unga fiziologik ehtiyoj yo‘qligi.
Glyukozaning o‘ziga xos jihati u jigar orqali parchalanib, ishlov beriladi. Agar oz miqdorda fruktoza iste’mol qilsak buni hech qanday zarari yo‘q, u glyukogenlarga aylantirilib jigarimizda saqlanib turadi. Ammo glyukogenlar miqdori ko‘payib ketgan vaqtda jigarimiz uni yog‘ga aylantiradi va bu yog‘ jigarimiz atrofida yig‘iladi. Bu esa o‘z navbatida jigar kasalliklariga olib keladi.
Shu narsani ta’kidlab o‘tishimiz kerakki bu jihatlar me’va orqali olinadigan fruktozaga tegishli emas. Me’va orqali me’yoridan ortiq fruktoza iste’mol qilish jismonan imkonsiz.
Yana ta’kidlab o‘tilishi kerak bo‘lgan narsa, har bir odamning organizmi shakarga chidamlilik darajasi bo‘yicha turlicha bo‘ladi. Sog‘lom va faol insonlar uncha faol bo‘lmagan insonlarga nisbatan shakarga chidamliroqdirlar.
[дропсап тйпе="сирсле"]3[/дропсап] Shakar hujayralarning insulinga nisbatan bo‘lgan chidamliligini oshiradi va bu qandli diabedga yo‘l ochadi
Insulin sog‘lig‘imiz uchun juda muhim gormon hisoblanadi. U glyukozaning qonimizdan xujayralarga kirishini ta’minlaydi va hujayralarga yog‘ning o‘rniga glyukozani yoqish kerakligini bildirib turadi. Qonda yuqori miqdorda glyukoza bo‘lishi juda zararli bo‘lib qandli diabed bilan kasallanganlarda ko‘rish qobiliyatining pasayishi va bosha qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi.
Shakarning zararli tarafi shunda-ki, hujayralar insulin gormoni buyruqlarini bajarmay qo‘yadi va insulinga bepisand bo‘la boshlaydi. Bu o‘z navbatida ko‘plab qon va yurak kasalliklariga yo‘l ochib beradi.
[дропсап тйпе="сирсле"]4[/дропсап] Hujayralarnig insulinga chidamliligi II-tur diabedga olib keladi
Hujayralarimiz insulinga chidamli bo‘lgandan keyin beta hujayralar ko‘proq insulin ishlab chiqara boshlaydilar, chunki qonda shakar miqdorining ko‘payib ketishi juda zararlidir.
Lekin hujayralar insulinga qarshilik qilishi kuchayib borgan sari beta hujayralar shakar miqdorini kamaytirish uchun kerakli miqdorda insulin ishlab chiqara olmay qoladilar. Natijada qonda shakar miqdori ko‘tarilib ketib II turdagi diabetga olib keladi.
[дропсап тйпе="сирсле"]5[/дропсап] Shakar alkogol va narkotik moddalari singari o‘ziga bog‘liqlik uyg‘otadi
Sprtli ichimliklar va narkotik moddalari iste’moli miyyada dopamin moddasini ishlab chiqarilishi sababli ularni iste’mol qilganlarda bog‘liqlik paydo bo‘ladi.
Shu yilning boshida olimlar shakar istemoli ham yuqori miqdorda dopamin moddasi ishlab chiqarilishiga olib keladi va odamlarda shakarga nisbatan bog‘liqlik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi degan ilmiy fikrni bildirishdi.
Siz shakarning yana boshqa zararlarini bilsangiz quyida ’Fikr bildirish' qismida bizga ham bildiring.