O‘zbekistonning Uzbek Tigers klubi bokschisi Shahram G‘iyosov Jahon boks haftaligining (WSB) eng yaxshi bokschisi deb topildi, deb yozmoqda Sof.uz. O‘zbekiston vakili har uchrashuvlar haftasi yakunida turnirning Tvitterdagi rasmiy sahifasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘pladi.
17−18 mart kunlari 7-hafta uchrashuvlari bo‘lib o‘tib, uning doirasida O‘zbekistonning «O‘zbek arslonlari» jamoasi Toshkentda China Dragons jamoasini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 2015 yilgi jahon chempionati bronza medali sohibi Lyu Vey (3−8) ustidan g‘alaba qozongan Buxoro bokschisi Shahram G‘iyosov haftalik mukofot nomzodlari ro‘yxatiga kiritildi.
2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi 87 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. So‘rovnomaning boshqa ishtirokchilaridan Colombia Heroicos vakili Xuan Karlos Karilo Palasio (81 kg) va Astana Arlans a’zosi Zafir Safiullin (60 kg) mos ravishda 7 va 6 foiz ovoz to‘pladi.