Olimpiada sovrindori, jahon va Osiyo chempioni Shahram G‘iyosov faoliyatini professional boksda davom ettirishi mumkin, deb yozadi "Olamsport" nashri.
G‘iyosovning aytishicha, u hozircha aniq bir qarorga kelgani yo‘q. Unga bu borada katta takliflar bo‘lmoqda. Takliflar asosan AQShdan bo‘lmoqda. Variantlar orasida Bob Arumga tegishli "TOP RANK" kompaniyasi borligini aytishim mumkin. Undan tashqari Germaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlaridan ham bor.
"Bu borada o‘ylab ko‘raman. Oldinda bizda Osiyo o‘yinlari bor. Lekin asosiy maqsadim AQShga yo‘l olish. Chunki haqiqiy professional boks aynan okean ortida. Haqiqiy shoular o‘sha yerda tashkil qilinadi", — dedi Shahram G‘iyosov.