Bilasizmi?

Shahram G‘iyosov insonparvar va oliyjanob sportchi ekanini namoyish qildi

Kechagina Rioda O‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov va Qozog‘istonlik Daniyar Yeleusinov ishtirokida bo‘lib o‘tgan final jangi hammangizning esingizda bo‘lsa kerak?

3549980

Sputniknews-uz.com'ning yozishicha, sports.kz  nashirda Qozog‘istonlik jurnalist final bellashuvidan keyin Shahram G‘iyosovdan olgan kichik intervyusi chop etildi. Shaxramning jurnalistga bergan javobi qo‘yida.

“Qozog‘istonlik muxlislarni ushbu oltin medal bilan chin yurakdan tabriklayman. Bu yaxshi jang bo‘ldi, finalda ozgina omad yetishmadi. Biz, barcha sportchilar muxlislarni quvontirish uchun ringga chiqamiz. Biz faqat ringda raqibmiz, hayotda esa bir-birimizni hurmat qiladigan do‘stlarmiz. Biz qardosh xalqlarmiz, umid qilamanki, keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Qozog‘istonni g‘alaba bilan yana bir bor tabriklayman”, — dedi Shahram G‘iyosov Sports.kz muxbiriga.  

Odatda biz yutqizgan sportchi tomonidan sudya nohaqlik qilgani yoki raqib taqiqlangan usulni ishlatgani kabi alamzada va ginali so‘zlar eshitamiz. Hatto ayrim sportchilar ikkinchi o‘rinni olgan raqibini qo‘lini siqishdan voz kechadi.

Ko‘rib turganingizdek, hozirgina mashaqqatli jangda oltin medalini qo‘ldan chiqarganiga qaramasdan, Shaxram G‘iyosov o‘zining insonparvar va oliyjanob sportchi va mard yigit ekanligini namoyish qilgan. Agar inson shunday xususiyatlar sohibi bo‘lsa – u hayotda haqiqiy chempion! U doimo muxlislar qalbining to‘rida bo‘ladi. Shaxram, O‘zbekiston sen bilan faxrlanadi!

3549985