Toshkent shahridagi nomi Seulga o‘zgartirilgan sobiq Baynalmilal ko‘chasining Beshyog‘ochdan Oqtepagacha bo‘lgan qismi ta’mirlanadi va poytaxtning eng chiroyli maskanlaridan biriga aylantiriladi. Bu haqda shahar hokimligining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi, deb yozadi Daryo.uz.
Ko‘chaning tashqi ko‘rinishi o‘zbek va koreys arxitekturasiga xos bo‘lgan ramzlarni va xususiyatlarni o‘zida mujassam etadi va ikki xalq madaniyati orasidagi ko‘prik sifatida xizmat qiladi.
Yangi boshlangan obodonlashtirish ishlarining asosiy maqsadlaridan biri ikki xalqga xos bo‘lgan landshaft elementlari, ranglar gammasi va arxitekturasidan kelib chiqqan holda umumiy, birlashgan dizayn yaratishdir.
Hozirda yangi rekonstruksiya loyihasi ustida Janubiy Koreyadan taklif etilgan mutaxassislar va O‘zbekiston arxitektorlari ishlamoqda.
Hokimlik investorlarni mazkur loyihada ishtirok etishga taklif etgan.