Bilasizmi?

Samarqandni obod qilishga 50 million dollar sarflanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan tashkil etilgan Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi saytida xabar berildi.

Ushbu mablag‘ning asosiy qismi — 334,4 millard so‘mi Samarqand shahri aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va sohada uchrayotgan muammoli masalalarni tezkorlik bilan bartaraf etishga yo‘naltirilmoqda.

Samarqandda mazkur mablag‘ hisobidan 317 ta ko‘p qavatli uy-joylar ta’mirlanadi va hudud obodonlashtiriladi, 71 ta lift o‘rnatiladi, obodonlashtirish boshqarmasiga 63 ta turli avtomatik vositalar xarid qilinadi, 4 ta markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi qayta tiklanadi, shuningdek, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi, yo‘llarning holati yaxshilanib, ichimlik suv tarmog‘i tartibga keltiriladi.

Ajratilgan mablag‘dan samarali foydalanish hamda buyurtmachilik vazifasini amalga oshirish maqsadida viloyat hokimligi huzurida «Qurilish va obodonlashtirish direksiyasi» tashkil etildi.