Bilasizmi?

Samarkand City turistik zonasi qurilishi bo‘yicha memorandum imzolandi

Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki 6 iyun kuni Pekinda Xitoy Ipak yo‘li fondi bilan Samarkand City turistik zonasi qurilishi loyihasi bo‘yicha anglashinuv memorandumini imzoladi. Bu haqda TIF Milliy banki bank matbuot xizmati xabar qildi

Ushbu anglashuv memorandumida Samarkand City loyihasining hamkorlikda amalga oshirilishini ko‘zda tutadi.

Loyiha Samarqand shahrining mashhur tarixiy va madaniy markaz sifatidagi turistik salohiyatini oshirish va "XXI asr Ipak yo‘li durdonasi" yaratilishini o‘z ichiga oladi.

Milliy bank ushbu loyihani xorijiy investor bilan hamkorlikda moliyalashtirilishi uchun javob beradigan bosh muassasa etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2017-2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlar dasturini qabul qilgandi.

Dasturga ko‘ra, Samarqand shahri hududida xorijiy investorlar bilan hamkorlikda zamonaviy mehmonxonalar, kottejlar, ko‘ngilochar va savdo markazlari, shuningdek amfiteatr, turli millatlar taomlarini tayyorlaydigan restoranlar, kafelar, bouling markazlari, karaoke-bar, suvenir do‘konlari va boshqa turizm infratuzilmalarini o‘z ichiga oladigan Samarkand sity turizm hududi yaratiladi.