105 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi og‘ir atletikachilar musobaqasida hamyurtimiz barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ruslan dast ko‘tarishda 194, siltab ko‘tarishda 237 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, Olimpiada chempioniga aylandi. Oltin medal muborak, O‘ZBEKISTON. Jahon rekordini yangilagan hamyurtimiz 2008 yilgi Olimpiada rekordini ham yangiladi, deb Vatandosh.uz yozmoqda.
Shundan so‘ng O‘zbekiston umumjamoa hisobida 25-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
O‘zbekiston olimpiadalar tarixidagi eng yaxshi natijasi rekordini (Afina-2004) yangiladi. Hozirda 2ta oltin kamida (1 ta kumush), 4 bronza (kamida yana 1ta bronza) bor. Bu O‘zbekiston tarixidagi eng zo‘r natija. Bungacha olimpiadalardagi eng yaxshi natija 2 ta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medallari edi.