Bilasizmi?

"Rus emani": bodibilder Shvarseneggerning yoshligini yodga solmoqda

Arnold Shvarsenegger zamonamizga ma’lum kuchli bodibilderlar ichida tengsizi bo‘lib kelgan. Uning kelishgan qad-qomatiga havas qilib yuz minglab insonlar sport va fitnes olamiga kirib kelgan.

Mana shu havaskor izdoshlar orasida rossiyalik bodibilder  Anton Riskin ajralib turadi.

To‘g‘ri, Anton Arnold Shvarsenegger kabi o‘ta mukammal va yuqori darajadagi sport formasida emas. Ammo, uning qiyofasida 20 yoshdagi Arnoldning nigohi, qarashlari mavjuddek.

Anton doimo keng yelka va qomatiga nisbat berib "Avstriyalik eman" bo‘lgan janob Shvarseneggerga taqlid qiladi va uning qarashlarini ham o‘zlashtirib olgan, o‘ziga "Rus emani" deb laqab ham qo‘ygan. Quyida Instagram   tarmog‘ida "Russian Oak" nomi bilan mashhur kulturistning ba’zi suratlaridan namoyish etamiz.

3 4 5 6