Rossiyadan O‘zbekistonga yilning birinchi choragida jami 726 mln dollar pul o‘tkazilgan. Bu haqda Rossiya Markaziy banki hisobotida ma’lum qilindi.
Ma’lumotga ko‘ra, 2018 yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistonga Rossiya fuqarolari tomonidan 200 mln dollardan, norezidentlar tomonidan esa 525 mln dollardan ortiqroq pul jo‘natilgan. Bir o‘tkazmaning o‘rtacha miqdori 314 dollarni tashkil qiladi.
Shu tarzda Rossiyadan MDH mamlakatlariga pul o‘tkazmalari bo‘yicha O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda.
Shu davr mobaynida Tojikistonga 487 million dollar, Qirg‘izistonga 434 million dollar o‘tkazilgan.
MDH mamlakatlari orasida Rossiyaga pul o‘tkazilishi bo‘yicha Qozog‘iston 1-o‘rinda joylashgan bo‘lib, yilning birinchi choragida 328 mln dollar yuborilgan. O‘zbekistondan Rossiyaga esa 103 mln dollar yuborilgan. Bu borada O‘zbekiston Qozog‘istondan keyingi o‘rinda joylashgan.