Bilasizmi?

Rossiyada ishlovchi immigrantlar rus tili imtihonidan ozod etilishi mumkin

Rossiya Maorif va fan vazirligi yangi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda,  unga muvofiq mamlakatda yashash va ishlash istagi bo‘lgan xorijliklardan rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligini bilishi bo‘yicha bilimini tekshirish uchun yagona tartib o‘rnatiladi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.

Immigrantlardan imtihon olish o‘tgan yilning 1 yanvaridan majburiy qilib qo‘yildi. Mazkur tekshiruvlardan jami 2.5 million kishi o‘tgan.  Lekin, tizim xolis bo‘lmagan, ya’ni tarafkashlikka yo‘l qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan,  vazirlik vijdonsiz imtihon oluvchilar uchun 30 ming rubl,  yuridik shaxslarga esa 300 ming rublgacha jarima solish tartibi ishlab chiqdi.

Imtihondan o‘tgan immigrantlarga sertifikat beriladi va bu hujjat besh yil emas,  balki uch yil davomida amal qiladi. Agar kimki sertifikat olgan bo‘lsa, yana bir bor rus tilidan imtihon topshiradi.

Vazirlik yana bir masala ustida bosh qotirmoqda,  unga ko‘ra, ikkinchi davlat tili – rus tili bo‘lgan respublikalar fuqarolari majburiy tekshiruvdan ozod etilishi mumkin. Tez kunda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Moldovadan kelgan fuqarolar imtihonlardan ozod etilish ehtimoli bor.