Bilasizmi?

Rossiya O‘zbekistonga yadroviy yonilg‘ini yetkazib berdi

"Rosatom" davlat korporatsiyasining "TVEL" yonilg‘i kompaniyasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi institutida tomonidan foydalanilayotgan VVR-SM tadqiqot reaktori uchun yadroviy yonilg‘ini yetkazib berdi, deb xabar qildi "Rosatom" matbuot xizmati.

"Buyurtmachiga Novosibirsk kimyo konsentratlari zavodida ishlab chiqarilgan IRT-4M 56 ta oltita quvurli issiqlik ajratuvchi yig‘ilmalar yetkazib berildi", — deyilgan xabarda.

Bu borada kelishuv o‘tgan yilning noyabr oyida erishilgandi. O‘sha vaqtda bu reaktor uchun yonilg‘i ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi institutida 1959 yildan beri VVR-SM tadqiqot reaktori ishlamoqda. Reaktorni eksluatatsiya qilish boshlangandan beri Rossiyada ishlab chiqarilgan yadroviy yonilg‘i bilan ta’minlangan.

Shuningdek, o‘tgan yil noyabr oyida "Rosatom" va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan. Hujjatda mutaxassislarni tayyorlash, yadroviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlik qilish nazarda tutilgan.

Shu may oyi yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qilgandi. Uchrashuvda o‘tgan yili imzolangan Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim doirasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratilgandi.

Qo‘shma dastur va loyihalar doirasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi bosh loyihasi Navoiy viloyatida ikkita zamonaviy blokdan iborat bo‘lgan ("3+" VVER-1200) atom elektrostansiyasini qurilishi belgilab olindi. Qurilish loyihasi taxminan 13 milliard dollarga baholanib, ulardan 11,3 milliard dollar mablag‘ Rossiya davlat eksport krediti sifatida taqdim etildi.