Bilasizmi?

Rio-2016: Shahram G‘iyosov O‘zbekistonga birinchi kumush medal keltirdi

O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov Riodagi Olimpiadaning 69 kg vazn toifasidagi musobaqaning finalida qozog‘istonlik Daniyar Yellusinovga kichik farq bilan mag‘lub bo‘lib, O‘zbekiston terma jamoasi medallar shodasini birinchi kumush medal bilan to‘lg‘azib qo‘ydi, deb Kun.Uz yozmoqda.

shahramfinal

G‘iyosov jangda odatdagidek shiddatli harakat qildi, biroq raqibining himoyalanishga asoslangan taktikasi unga qo‘l keldi.

G‘iyosovning Riodagi ishtiroki haqiqiy kashfiyot bo‘ldi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. U finalgacha yo‘lda ko‘plab kuchli bokschilar, jumladan Olimpiada va jahon chempionlari ustidan zafar quchdi.

Yosh bokschimizga yorqin ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatida bundan ham yuqoriroq marralarga erishishni tilab qolamiz.