Bugun Rio-2016 Olimpiadasida boks bo‘yicha 69 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shahram G‘iyosov yarim finalda marokashlik Muhammad Rabilga qarshi ringga chiqdi.
Kun.Uz'ning yozishicha, 3 raund davomida faol harakat qilgan o‘zbekistonlik sportchi birinchi raundayoq raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Hakamlar 3 raundda ham uning g‘alabasini qayd etishdi va G‘iyosov finalga chiqdi.
Uning finaldagi raqibi qozog‘istonlik Doniyor Yelessunov va fransiyalik Sulaymon Diop Sissoko o‘rtasida aniqlanadi.