Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini himoya qilib, sovrindorlar qatoridan joy olgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda, deb MOQ matbuot xizmatiga asoslanib Daryo.uz yozmoqda.
Unda o‘zbekistonlik sportchilarga va’da qilingan pul mukofoti sertifikatlari mamlakat Prezidenti Islom Karimov nomidan taqdim etilgani qayd etilgan.
Qo‘shimcha tarzida sportchilarga Malibu avtomashinasi sovg‘a qilingani xabar qilinib, sovg‘alarning surati MOQning Telegram’dagi kanaliga joylashtirilgan. Avtomashinalar sovrindor bo‘lgan barcha — 13 ta sportchiga nasib qilgan.