Bilasizmi?

Rio–2016: O‘zbekiston boks musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha 1-o‘rinda

Sports.uz'ning yozishicha, Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari boks musobaqasida bir qator g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Jumladan, O‘zbekiston terma jamosidan Hasanboy Do‘smatov (-49 kg), Rustam To‘laganov (-91 kg) va Shahram G‘iyosov (-69 kg) tegishli ravishda oltin, bronza va kumush medallarini qo‘lga kiritib, aynan boks turnirida medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Mamlakatimiz termasidan so‘ng 1 ta oltin va 1 ta kumush bilan Qozog‘iston terma jamoasi joy olgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Rossiya band qilib turibdi (1 ta oltin va 1 ta bronza).

b4476e19cb2d9c1fe25656f0daa1e7f6

Eslatib o‘tamiz, boks musobaqalarida ishtirok etayotgan Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev (-75 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg) va Fazliddin G‘oibnazarov (-64 kg) o‘z vaznida yarim finalga chiqib, kamida bronza medalini naqd qilishgan.

Ulardan yorqin g‘alabalar va oltin medallar kutib qolamiz!