Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining boks bahslarida yana bir terma jamoamiz a’zosi o‘z jangini o‘tkazdi. Bu haqda Uz24.Uz yozmoqda.
-91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Rustam To‘laganov yarim final jangida ringga ko‘tarildi. Uning raqibi jahon chempioni, rossiyalik Yevgeniy Tishchenko bo‘ldi.
Uch raund davomida teng kurash ostida bahs kechdi. Lekin hakamlar Tishchenkoning g‘alabasini ta’minlashdi. Rustam To‘laganov esa endi bronza medali bilan taqdirlanadi.
To‘laganovning ushbu bronzasi O‘zbekiston delegatsiyasi uchun uchinchisi bo‘ldi. Unga qadar ikki nafar dzyudochimiz - Diyorbek O‘rozboyev hamda Rishod Sobirov bronza medalini qo‘lga kiritishdi.