Rio—2016 ning 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov final masalasini hal qildi, deb Kun.Uz yozmoqda.
Yarim finalda Venesuela vakili, 19 yoshli Yoel Finolga qarshi ringga ko‘tarilgan Zoirov osonlik bilan g‘alaba qozondi. Yakuniy natija: 30-26, 29-27, 29-27.
Endi unga finalda rossiyalik Misha Aloyan va xitoylik Xu Jianguan juftligi g‘olibi raqiblik qiladi. Final 21 avgustga belgilangan.
Shahobiddin Zoirov Rio—2016 dagi birinchi jangida irlandiyalik Brendan Irvinni, nimchorak finalda amerikalik Antonio Vargasni, chorak finalda ozarbayjonlik Elvin Mamishzodani yenggandi.